Karmana tumani hokimi Şohrux Boltayev maktab öqituvçilarni hokimlikka yiğib, turğizib qöygan holda majlis ötkazgan. Bu haqda Kun.uz’ga uşbu maktab öqituvçilari murojaat yölladi.

Ma’lum bölişiça, hokim 12 mart kuni Hazora qişloğidagi 9-umumta’lim maktabida yoşlar bilan uçraşuv ötkazgan. Uçraşuv vaqtida Şohrux Boltayev öquvçi va öqituvçilarga turli savollar bergan, şe’r aytib berişni söragan. Biroq öquvçilar hokimning ketma-ket savollaridan hayajonlanib, şe’r aytib berolmagan.

Uçraşuvdan söng hokim maktabning barça öqituvçilarini soat 17:00 da hokimlik binosiga olib borişni buyurgan. Aksariyati xotin-qizlardan iborat bölgan 46 nafar öqituvçi avtobusda 30 km yöl bosib, aytilgan vaqtda hokimlik binosiga borgan.

“Soat 17:00 da yetib bordik. Kutib ötirdik. Yarim soatlardan söng hokim keldi. Barça öqituvçini tik oyoqda turğizib qöyib, majlis ötkazdi. Qattiq gapirdi, “RayONO” vakillariga maktabimizda tekşiriş ötkaziş böyiça topşiriq berdi, direktor örinbosarlarining arizasini olasan, dedi. Köpimiz rözador edik”, deydi Kun.uz bilan gaplaşgan öqituvçilardan biri.

Hokim şu tariqa, bir soatga yaqin majlis ötkazib, öqituvçilarga javob berib yuborgan.

“Qaytişda yöldan suv sotib olib, oğzimizni oçdik. Hokimning bu harakati barça öqituvçini xafa qildi. Çunki maktabimiz tumanning oldi maktablaridan biri. Ha endi, bola hokim oldida hayajonlanib, bilganini ham aytolmagan bölişi mumkin”, deydi yana bir öqituvçi.

Kun.uz holatga oydinlik kiritiş maqsadida Karmana tumani hokimi Şohrux Boltayev bilan boğlandi. Uning ma’lum qilişiça, öquvçi va öqituvçilar savollariga javob berişolmagan.

“Şe’r sörasam aytib berişolmadi, turli savollar berdim, birortasi javob berolmadi. Bu maktabda bitiruvçilarning OTMga kiriş körsatkiçi 3 yildirki, 50 foizdan oşmaydi. Aytib bölmaydigan har xil holatlar bor. Tumanda ta’lim sifatini kötarişga harakat qilyapmiz. Öşa kuni yoşlar bilan uçraşuvdan söng majlisim bor edi. Şu sababli avtobus gaplaşib, hokimlikka yiğdim. 10 minut gaplaşib, javob berdim. Bugun yana öşa maktabga borib, öqituvçilar bilan uçraşaman”, deya holatni izohladi hokim.

Ammo Kun.uz gaplaşgan maktab öqituvçilariga köra, bitiruvçilarning OTMga kiriş körsatkiçi 3 yildan buyon 65-70 foiz atrofida bölgan.

“Maktabimizda jinoyatçilik yöq, ta’lim sifatimiz yaxşi, hatto tumanda vazirlik ustamasiga loyiq körilgan ikki maktabning birimiz. Tuman reytingida yuqori örinlarda turamiz. Albatta, bu natijalar zamirida öqituvçilarning mehnati yotibdi. Şunça mehnatimiz bölgan holda hokimning bizga nisbatan bunday munosabati barçamizni xafa qildi”, deydi öqituvçilardan biri.

Hokimning topşiriğidan söng maktab direktorining ikki örinbosaridan ariza yozdirib olingan.

Şavkat Mirziyoyev 13 mart kuni aholi murojaatlari bilan işlaş tizimini takomillaştiriş yuzasidan ötkazgan videoselektor yiğilişida Karmana tumani hokimi mahalladagi 4-5 nafar odam bilan «nomiga» gaplaşib, sayyor qabul ötkazdim deb yurganini tanqid qilgandi.

Şohrux Boltayev 2025 yil noyabr oyi boşida Karmana tumani hokimi lavozimiga tayinlangandi. Bunga qadar u Karmana tumani hokimining quriliş, tösiqlarsiz muhit yaratiş, kommunikatsiyalar, kommunal xöjalik, ekologiya va kökalamzorlaştiriş masalalari böyiça örinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.