Hokim–fermer nizolari tez-tez uçrab turadi, köplab fermerlar oxirigaça borib ötirmay, qöl siltab qöya qoladi. Lekin Qaşqadaryoning Nişon tumanidagi “Bobur” fermer xöjaligi rahbari Bahodir Qöldoşev haqida bunday deb bölmaydi. U tortib olingan yerini qaytariş uçun 2019 yildan beri sudma-sud yuguryapti.
Ötgan oyda Human Righs Watch xalqaro nodavlat taşkiloti Özbekiston qişloq xöjaligidagi holat haqida “Fermerlarda erkinlik yöq” nomli hisobot e’lon qilgan edi. Hisobotda, jumladan, şunday deyiladi:
“Hokimlik tomonidan yerining tortib olinişiga qarşi sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilgan fermerlar Özbekiston sudlarida kamdan kam hollarda adolat topa oladi. Topgan taqdirda ham, mahalliy amaldorlar yerni fermerga qaytariş töğrisidagi qarorlarni deyarli ijro etmaydi”.
Qaşqadaryo viloyati Nişon tumanidan Kun.uz'ga murojaat qilgan “Bobur” fermer xöjaligi rahbari Bahodir Qöldoşev – ana şu real vaziyatning yana bir misoli.
U qariyb 7 yildirki adolat izlab sudma-sud yuguradi. 2019 yilda 106 gektar yerini Nişon tumanining öşa paytdagi hokimi Muxtor Hayitmurodov noqonuniy ravişda tortib olgan.
Fermer keyinçalik sud orqali huquqlarini tiklaşga erişgan, lekin uni oldinda hali yangi sinovlar kutayotgan edi.
Sudma-sud sarguzaştlar. 1-qism
Nişon tumani hokimining 2019 yil 23 yanvardagi qarori bilan, “Bobur” fermer xöjaligiga paxta va ğallaçilik uçun qariyb 106 gektar yer ajratilgan. Oradan 4 oy ötib, tuman hokimining 2019 yil 24 may kungi qarori bilan bu yerlar yana tuman zaxirasiga qaytarilgan.
2019 yil iyun oyida hokim bu yerlarni boşqa ikkita yuridik şaxsga ajratib bergan. Ulardan biri – “Nishan Chicken’s” MÇJ XKga 36 gektar yer berilgan.
“Bobur” fermer xöjaligi rahbari Bahodir Qöldoşev bu qarorlardan norozi bölib, sudga arz qilgan. Nişon tuman ma’muriy sudining 2019 yil 20 noyabr kungi hal qiluv qarori bilan, tuman hokimining 105 gektarni zaxiraga qaytariş va bu yerlarni boşqa ikkita yuridik şaxsga ajratib beriş haqidagi qarorlari haqiqiy emas deb topilgan.
Nişon tumani hokimligi sud qaroridan norozi bölib, şikoyat kiritgan, lekin 2020 yil 13 fevral kuni Qaşqadaryo viloyati ma’muriy sudi kassatsiya instansiyasi qarorni özgarişsiz qoldirgan.
Körinib turganidek, fermerdan yerini olib qöygan olgan hokim Muxtor Hayitmurodov birinçi va ikkinçi instansiya sudlarida yutqazgan, Oliy sudga esa şikoyat kiritmagan. Natijada fermerning 106 gektar yerga nisbatan huquqi tiklanişi kerak edi.
Lekin amalda unday bölmagan. Hokim Hayitmurodov öz harakatlarini davom ettirib, 2020 yil 20 mart kungi qarori bilan “Bobur” fermer xöjaligiga tegişli yerning yuqorida tilga olingan 36 gektarlik qismini yana “Nishan Chicken’s” MÇJ XKga ajratib bergan. Vaholanki, bu vaqtda mazkur yer maydoni “Bobur” fermer xöjaligiga tegişli edi – hokim yerni zaxiraga oliş töğrisida yangi qaror çiqarmagan (zaxiraga oliş töğrisida 2019 yil 24 maydagi hokim qarori sudlar tomonidan haqiqiy emas deb topilgani haqida yuqorida töxtalib ötildi).
“Hokim meni aldagan ekan”
Fermer Bahodir Qöldoşevning aytişiça, u 2019-2020 yillardagi sudlarda yutib çiqqaç, tuman hokimining iltimosi bilan “Bobur” fermer xöjaligiga tegişli 86-konturdagi 36 gektar yerni “Nishan Chicken’s” MÇJga 1 yil foydalaniş uçun norasmiy tarzda, oğzaki kelişuv asosida berib turgan, lekin kelişilgan muddat ötganidan keyin yerini qaytarib ololmagan. U, özining aytişiça, tuman hokimi 2020 yil 20 martdagi qarori bilan uşbu 36 gektar yerni mazkur MÇJga ikkinçi marta berib yuborganidan 2022 yilga kelibgina xabar topgan.
“[2019-2020 yillardagi] sudlarda yutganim uçun yerim özimga qaytgan edi, faqat 36 gektar yerni hokim “keyinroq olasan” degan edi. Keyin bilsam, ular meni aldagan ekan”, – deydi Bahodir Qöldoşev.
Qayd etiş lozim, uning “tuman kengaşi qaroridan bexabar edim”, “hokim meni aldagan ekan” mazmunidagi vajini hozirga qadar sudlar bir neçta asoslarga köra rad etib kelmoqda.
Sudma-sud sarguzaştlar. 2-qism
Fermer suddagi sarguzaştlarining ikkinçi seriyasida tuman hokimining 36 gektar yerni “Nishan Chicken’s”ga ajratib beriş haqidagi 2020 yil 20 mart kungi qarorini bekor qilmoqçi böladi.
Lekin endi u yangi muammoga duç keladi: xalq deputatlari Nişon tuman kengaşining 2019 yil 18 maydagi qarori hamon qonuniy kuçida edi. Biz yuqorida töxtalib ötgan, 106 gektar yerni olib qöyiş haqidagi hokim qarori – formal jihatdan ana şu kengaş qarori asosida qabul qilingan bölgan. Eslatib ötamiz, u paytlarda tuman kengaşlariga hokimlarning özi rais edi; fermerlardan yerni olişda avvaliga kengaş qarori qabul qilinib, şundan keyin hokim qarori bilan u ijro qilinardi.
Bahodir Qöldoşevning xatosi şunda ediki, u avvalgi sud jarayonlarida faqat hokim qarorini bekor qilişga erişgan, lekin unga asos bölgan tuman kengaşining qarori böyiça nizolaşmagan.
Bundan taşqari, kadastr organi uning 106 gektar yerdan faqat 40 gektariga nisbatan huquqini davlat röyxatidan ötkazgan. Yer kodeksiga binoan esa, yerga bölgan huquqlar davlat röyxatidan ötkazilganidan keyin vujudga keladi, ya’ni hokimning yer ajratiş haqidagi qarorining özi yetarli emas.
Qolaversa, Bahodir Qöldoşev hokimning 2020 yil 20 mart kungi qarori ustidan sudga arz qiliş böyiça qonunda belgilangan muddatni (huquqi buzilganidan xabar topganidan keyin uzoği bilan 3 oy) uzrsiz sabablarga köra ötkazib yuborgan, deb hisoblanmoqda.
Uşbu vajlar tufayli fermer avvaliga Qarşi tumanlararo ma’muriy sudida, keyinroq viloyat sudining apellyatsiya instansiyasida, undan keyin Oliy sudda ham yutqazgan.
Sudma-sud sarguzaştlar. 3-qism
Fermer endi tuman kengaşining 2019 yil 18 maydagi qarorini bekor qilişni sörab, Qarşi tumanlararo ma’muriy sudiga da’vo kiritgan. Sud 2024 yil 21 oktyabrdagi hal qiluv qarori bilan da’voni qanoatlantirib, xalq deputatlari Nişon tumani kengaşining 2019 yil 18 maydagi qarorini haqiqiy emas, deb topgan.
Lekin şu kunning özida Qaşqadaryo viloyat prokuraturasi “Nishan Chicken’s” MÇJning manfaatida protest kiritgan va 2025 yil 22 aprel kuni kassatsiya instansiyasi prokuratura protestini qanoatlantirgan.
“Bobur” fermer xöjaligini qöllab-quvvatlayotgan Qaşqadaryo viloyati Fermerlar kengaşi prokuraturaning protesti va kassatsiya qarorini “asossiz” deb hisoblamoqda. Kengaş 2026 yil 2 mart kuni Qaşqadaryo viloyati ma’muriy sudi taftiş instansiyasiga şikoyat kiritib, Qarşi tumanlararo sudining 2024 yil 21 oktyabrdagi hal qiluv qarorini öz kuçida qoldirişni söradi.
“Serial”ning bu qismi hozirça şu nuqtada turibdi.
“Bunaqa şaroitda soha rivojlanmaydi”
Bahodir Qöldoşev 1998 yildan beri fermerçilik bilan şuğullanadi. Lekin 2019 yildan beri xalovati yöqligini aytadi, çunki öziga qonuniy tarzda ajratib berilgan yerning 36 gektaridan foydalana olmayapti.
“Mana, 7 yildan buyon faqat sud bilan şuğullanamiz, boşqa iş qilolmayapmiz. Faqat biz emas, 2019 yilda Nişon tumanida juda köp fermerlar ana şunday adolatsizlikka uçradi. Bunaqa şaroitda soha rivojlanmaydi.
Nohaqliklar bölaversa, tuman hokimlari fermerlarning ustidan bosim ötkazib, yerni olib qöyaversa, u qörqqanidan bir iş qilolmaydi, katta-katta rejalarni amalga oşirolmaydi”, – deydi u.
Maqola sarlavhasida tilga olingan “Santa-Barbara” seriali haqida eşitgan bölsangiz kerak. Bu serial 2137 seriyadan iborat bölib, AQŞda 1984 yildan 1993 yilgaça efirga uzatilgan. Biz yuqorida yoritganimiz holat ham bir neça yuzlab bölmasa-da, önlab qismlardan iborat serial bölişga arzigulik...
Badiiy böyoqlar bilan boyitilgan serial, boş qahramon dehqonning farzandli bölganidan quvonayotgani aks etgan kadrlardan boşlanadi, sönggi qismlarida esa öşa farzandi maktabning 1-sinfiga qadam qöyganida ham u öşa eski muammolar bilan öralaşib yurgan böladi. Oraliq qismlarda esa ayrim hokimlarning şaxsiy portreti va fermerçilikdagi aççiq reallikni oçib beriş mumkin.
Serial xulosasi esa quyidagiça böladi: qonunlarda ozod va erkin ekani yozib qöyilgan dehqonning yeri ğirt qaroqçilarça, noqonuniy tarzda tortib olmaganida edi, u şunça yillik taşvişlarga giriftor qilinmagan bölardi.












