Jahon | 08:29 / 15.02.2018
17952
1 daqiqa o‘qiladi

Meksikada 50 dan ko‘proq delfin o‘zini qirg‘oqqa otdi

Foto: Reuters

Janubiy Pastki Kaliforniya shtatida 54 delfin o‘zini qirg‘oqqa chiqarib tashladi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti» Meksikaning atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha prokuraturasiga tayangan holda.

Mahkama ma'lumotlariga ko‘ra, 33 delfin qutqarib qolingan, biroq 21 ta dengiz sutemizuvchisi halok bo‘ldi.

Mutaxassislarning fikricha, hayvonlar boshqa turdagi delfinlarning hujumi tufayli qirg‘oqqa o‘zini otgan. Ularning tanasida jarohat izlari topildi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid