Sport | 22:30 / 17.02.2018
10989
2 daqiqa o‘qiladi

La Liga. «Barselona» Baskoniyadan g‘alaba bilan qaytadi

Foto: twitter/@fcbarcelona

Ispaniya chempionatining 24-turida «Barselona» safarda «Eybar» bilan bellashdi.

Baskoniya klubi o‘z maydonida peshqadamga jiddiy qarshilik ko‘rsatdi, biroq, ijobiy natijaga erisholmadi. 

16-daqiqada, chiroyli kombinatsiyadan so‘ng, Luis Suares mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 66-daqiqada mezbonlar futbolchisi Orelyana maydondan chetlatildi. So‘nggi daqiqalarda esa Alba hisobdagi farqni oshirib, jamoasining g‘alabasini ta'minladi.

Bu natijadan so‘ng, «Barselona» 62 ochko bilan peshqadamlikni mustahkamladi. «Eybar» 35 ochko bilan 7-o‘rinda qoldi.

La Liga, 24-tur
Eybar – Barselona 0:2 (0:1, 0:1)

17 fevral, «Munisipal de Ipurua» stadioni
Gollar: 0:1 – 16 Suares, 0:2 – 88 Alba. 
Eybar – Dmitrovich, Arbilya, Ramis (Lomban, 46), Xose Anxel, Penya, Dani Garsiya, Diop (Eskalante, 74), Jordan (Sharles, 83), Orelyana, Inui, Kike.
Barselona – ter Stegen, Umtiti, Pike, Alba, Paulino (Aleish Vidal, 74), Serdji Roberto (Nelson Semedu, 90), Buskets, Rakitich, Inesta (Koutino, 63), Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Inesta (48), Orelyana (58), Diop (66).
Chetlatish: Orelyana (Eybar, 66).

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid