Jahon | 11:00 / 17.02.2018
18942
2 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko: Rossiya bayrog‘i hech qayerda osilmasligi kerak 

Foto: RIA Novosti / Sergey Kuznetsov

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Rossiyani “demokratiyani sindirish” harakatlarida aybladi va Rossiya bayrog‘i “hech qayerda osilmasligi lozimligi” haqida ma'lum qildi. Bu haqda Ukrainaning TSN telekanali xabar bermoqda.

Poroshenko Myunxendagi xavfsizlik bo‘yicha 54-anjumanda chiqish qilib, Qrimda Rossiya prezidenti saylovlarini o‘tkazish va Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasida Rossiya vakolatlari tiklanishiga qarshi ekanini aytib o‘tdi. Ukraina rahbari "Shimoliy oqim-2"ni Moskvaning “siyosiy va energetika istilosi” deb atadi. 

"Siyosat ham, biznes ham qadriyatlardan alohida tura olmaydi. Moskvaning bugungi siyosatida halol o‘yindan darak ham yo‘q. Shuning uchun 2018 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlarida Rossiya bayrog‘i hilpiramadi", - deya ma'lum qildi Poroshenko.

"Rossiya jahon miqyosida gibrid urushiga da'vat etishni to‘xtatmaguncha, o‘qlari bizning timsollarimizdan olinmagunga qadar uning bayrog‘i hech qayerda osilmasligi kerak", - deya xulosa qildi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poroshenko Rossiya jahon urushini boshlagani haqida ma'lum qilgandi. 

Mavzuga oid