Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko Rossiyani “demokratiyani sindiriş” harakatlarida aybladi va Rossiya bayroği “heç qayerda osilmasligi lozimligi” haqida ma'lum qildi. Bu haqda Ukrainaning TSN telekanali xabar bermoqda.

Poroşenko Myunxendagi xavfsizlik böyiça 54-anjumanda çiqiş qilib, Qrimda Rossiya prezidenti saylovlarini ötkaziş va Yevropa Kengaşi Parlament Assambleyasida Rossiya vakolatlari tiklanişiga qarşi ekanini aytib ötdi. Ukraina rahbari "Şimoliy oqim-2"ni Moskvaning “siyosiy va energetika istilosi” deb atadi. 

"Siyosat ham, biznes ham qadriyatlardan alohida tura olmaydi. Moskvaning bugungi siyosatida halol öyindan darak ham yöq. Şuning uçun 2018 yilgi qişki Olimpiya öyinlarida Rossiya bayroği hilpiramadi", - deya ma'lum qildi Poroşenko.

"Rossiya jahon miqyosida gibrid uruşiga da'vat etişni töxtatmagunça, öqlari bizning timsollarimizdan olinmagunga qadar uning bayroği heç qayerda osilmasligi kerak", - deya xulosa qildi u.

Eslatib ötamiz, avvalroq Poroşenko Rossiya jahon uruşini boşlagani haqida ma'lum qilgandi.