Jahon | 16:46 / 19.02.2018
24001
2 daqiqa o‘qiladi

Yerda magnit bo‘roni qayd etildi

Foto: RIA "Novosti"

Yerda dushanba, 19 fevral kuni Toshkent vaqti bilan taxminan 08:00lar atrofida kuchsiz magnit bo‘roni qayd etildi. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasining P.Lebedev nomidagi Quyosh Fizikasi instituti rentgen astronomiyasi laboratoriyasi saytida xabar berilgan.

«Bugun, 19 fevral kuni ertalab kuchsiz magnit bo‘roni qayd etildi. Bunga qadar dam olish kunlari magnit maydoni biroz o‘zgargandi», - deya ta'kidlanadi xabarda.

Tabiat hodisasiga besh ballik ko‘rsatkichdan 1-daraja berildi, ya'ni minimal darajadagi bo‘ron. So‘nggi marta magnit bo‘roni 15 yanvar kuni qayd etilgandi. 

«Ushbu hodisa energetik tizimlar va kosmik apparatlarni boshqarish tizimlariga kichik ta'sir o‘tkazishi mumkin. Qutb yog‘dusi 60 daraja va undan yuqori bo‘lgan baland kengliklarda kuzatilishi ehtimolga yaqin», - deyiladi xabarda.

Taxminlarga ko‘ra, Yerning magnit maydoni yaqin 3-6 soatda avvalgi holatiga qaytadi.

Mavzuga oid