Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziyaning O‘zbekistondagi elchisi o‘z missiyasini yakunlamoqda
Foto: Tashqi ishlar vazirligi
2018 yilning 19 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatda o‘z missiyasini yakunlayotgan Malayziya favqulodda va muxtor elchisi Dato Noraini binti Abd Hamidni qabul qildi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning holati va istiqbolli yo‘nalishlari, qator dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar muhokama qilindi.
O‘zaro savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarni kengaytirish sohasidagi O‘zbekiston va Malayziyaning faol muloqoti ikki davlat manfaatlariga birdek javob berishi ta'kidlab o‘tildi.
Uchrashuvda turizm sohasidagi o‘zaro hamkorlik masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Qayd etilganidek, Malayziya fuqarolari uchun 2018 yil 10 fevraldan e'tiboran 30 kungacha vizasiz tartib joriy etilishi hamda «Toshkent – Kuala-Lumpur - Toshkent» yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviareyslar Malayziyadan turistik oqimlarning yanada ko‘payishi, jumladan Samarqand va Buxoro islomiy yodgorliklarida ziyorat hajmi oshishiga xizmat qiladi.
O‘zbekistonda diplomatik missiyasini yakunlayotgani munosabati bilan elchiga ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun minnatdorchilik izhor etildi.
Dato Noraini binti Abd Hamid o‘z navbatida, O‘zbekistondagi faoliyati doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlangani uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Mavzuga oid
12:54 / 02.04.2026
Pushti masjid, qadimiy port, egizak minoralar va keng assortimentli gastronomiya: sayohat uchun nega Malayziyani tanlash kerak?
12:24 / 17.03.2026
“Umra plyus” dasturi uchun malay va indonez tillarini biladigan gidlar tayyorlanadi
09:25 / 06.03.2026
Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan sayyohlar uchun subsidiya ajratiladi
19:34 / 11.01.2026