Qisqa marosimdan söng bölib ötgan suhbatda tomonlar Özbekiston va Jazoir örtasidagi hamkorlikni kengaytiriş istiqbollarini muhokama qildi. Jazoir taşqi işlar vaziri Ahmad Attaf siyosiy aloqalar darajasini yuqori baholab, savdo-iqtisodiy va boşqa yönalişlardagi hamkorlikni çuqurlaştiriş muhimligini ta’kidladi.
Ahmad Attaf 50 million aholiga ega Jazoirda Özbekiston töqimaçilik kompaniyalari işlab çiqarişni yölga qöyib, keyinçalik mahsulotni Afrika bozoriga bojsiz eksport qilişi mumkinligini bildirdi. Şuningdek, u mamlakat iqtisodiy zonalarida savdo uylari, omborxonalar va körgazma zallarini taşkil etiş, işbilarmonlar kengaşini şakllantiriş hamda hukumatlararo komissiya faoliyatini yölga qöyişni taklif qildi.
Suhbatda ta’lim, tibbiyot va parlamentlararo hamkorlik yönalişlarini kengaytiriş masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Ahmad Attaf prezident Şavkat Mirziyoyev rahbarligida Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlar va mamlakat taraqqiyotini yuqori baholaşini bildirgan.
Uçraşuv yakunida Jazoir taşqi işlar vaziri Özbekiston taşqi işlar vazirining mamlakatga taşrifini kutayotganini ma’lum qilib, hamkasbiga samimiy salomini yetkazişni söradi. Şuningdek, u Özbekiston elçisining Jazoirdagi faoliyati uçun barça zarur şaroitlarni yaratiş va amaliy yordam körsatişga tayyorligini bildirdi.
47 yoşli Mansur Qiliçev Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti bitiruvçisi hisoblanadi. U 2002 yildan buyon Taşqi işlar vazirligi tizimida işlab kelmoqda va Saudiya Arabistoni hamda Dubaydagi diplomatik vakolatxonalarda faoliyat yuritgan. 2021 yil oktyabridan buyon esa Özbekistonning Misrdagi favqulodda va muxtor elçisi hisoblanadi.








