Italiyaning Toşkentdagi sobiq elçisi Pergabriele Papadia de Bottini di Sant-Aneze Rimda hibsga olindi. U şerigi bilan birga noqonuniy immigratsiyaga kömaklaşiş va xizmat vazifalarini bajarişda korrupsiyada gumon qilinmoqda.
Tergov ma’lumotlariga köra, Papadia öz yordamçisi bilan Rossiya fuqarolariga bir yildan uç yilgaça bölgan uzoq muddatli sayyohlik vizalarini beriş sxemasini taşkil etgan. Şunday qilib, belgilangan talablarga javob bermaydiganlar ham Şengen vizalarini olgan. Buning uçun u bir kişidan 4 mingdan 16 ming yevrogaça qöşimça yiğim olgan — vaholanki, qonun böyiça bir ariza uçun 45 dan 60 yevrogaça boj belgilangan.
Firibgarlik bir manzilda röyxatdan ötgan Moskvadagi uçta sayyohlik agentligi - Happy Travel, Visa4you va Park Lane orqali amalga oşirilgan. Kamida 95 nafar Rossiya fuqarosi uşbu agentliklarga murojaat qilgan va keyinçalik rasmiy tartibda viza oliş talablariga javob bermasdan Italiyaga kirib borgan. Ba’zi hollarda ular konsullik okrugida yaşamagan, ba’zida ariza beruvçi nomidan hujjatlarni boşqa şaxs imzolagan, ularning bir qismi esa konsullikka şaxsan kelmasdan viza olgan.
Sxema 2025 yil iyul oyida Taşqi işlar vazirligining elçixonadagi rasmiy tekşiruvi davomida, hujjatlarda qöpol qoidabuzarliklar aniqlanganda foş bölgan. 81 ta holatda Toşkent elçixonasida viza olgan rossiyaliklarning ismlari muassasaga keluvçilar röyxatida qayd etilmagan. «Viza arizalarida aniq qoidabuzarliklar topildi, buning uçun missiya rahbari Papadia bevosita mas’ul bölib, ularga «OK» belgisini, keyin esa öz ism-şarifining boş harflarini qöygan», deb ta’kidladi tergovçilar.
Tergov, şuningdek, sayyohlik agentliklari 2025 yil yanvar-iyul oylari oraliğida Bolgariyadagi bank hisobiga 23 600 yevro ötkazib, tranzaksiyani foizli qarz sifatida belgilaganini aniqladi. Hisobvaraq Bolgariyada yaşovçi Italiya fuqaroligiga ega rossiyalik Tatyana Tarakanovaga tegişli bölib, u ilgari Papadia bilan Moskvadagi Italiya konsulligida işlagan. Papadia Toşkentda elçi bölgaç, uni viza bölimiga işga olgan.
Sobiq elçiga nisbatan ehtiyot çorasi qoçiş xavfi tufayli tanlangan: hibsga olinişidan biroz oldin u Rossiyaga viza oliş imkoniyati bilan qiziqqan. Prokurorlar va moliya politsiyasi xodimlari 400 ga yaqin işni tergov qilişni davom ettirmoqda va Papadianing 3 million yevroga baholangan mulkini örganmoqda. Özi uni meros qilib olganini aytadi.












