O‘zbekiston | 12:42 / 21.02.2018
18735
3 daqiqa o‘qiladi

Andijonda “Tun” tadbirlari o‘tkazilmoqda

Andijon viloyatida jinoyatchilikning oldini olish maqsadida tashkil etilgan “Tun” tadbirlarini yanada samarali bo‘lishiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Har kungi “Tun” tadbirlariga 116 ta yo‘nalishda jami 847 nafar xodim jalb qilingan bo‘lib, shulardan 587 nafarini jamoat tashkilotlarining vakillari  tashkil etadi.

Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ

Birgina Andijon shahri hududida jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha, Andijon shahar IIBdan 26 nafar, patrul post xizmati yo‘nalishi bo‘yicha 75 nafar, Milliy gvardiyadan 15 nafar, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasidan 5 nafar xodim va 83 nafar jamoatchilik hamda Yoshlar ittifoqining 15 nafar vakili tungi xizmatga jalb etib kelinmoqda.

Foto: KUN.UZ

Tungi xizmat davomida ko‘ngilochar joylar, bozorlar, fuqarolar ko‘p to‘planadigan maskanlar nazoratga olinib, 12 ta avtopatrul, 20 ta piyoda patrul, 10 ta otliq patrul, 10 ta xizmat iti, 2 ta avtobus, 5 ta xalqa avtopatrul hamda  “O‘zavtodaryotrans” agentligi tomonidan ajratilgan 15 ta “Damas” avtomashinasi yo‘nalish bo‘yicha xizmatga chiqarilmoqda.     Hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar samarasidan Andijon shahri hududida ko‘plab sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyat va huquqbuzarliklarning oldi olinyapti.      

Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ

O‘tgan davr mobaynida sodir etilgan og‘ir va o‘ta og‘ir, aholi orasida shov-shuvga sabab bo‘lgan va kriminogen vaziyatga salbiy ta'sir ko‘rsatuvchi  jinoyatlar imkon qadar o‘sha kuni yoki ertasigayoq tuman prokurori, IIB boshlig‘i, mahalla faollari, xotin-qizlar qo‘mitasi va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida muhokama qilinmoqda.

KUN.UZ muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish