Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliya bosh vaziri o‘rinbosari yirik mojaro tufayli iste'foga chiqmoqda
Foto: ABC News
Avstraliya bosh vaziri o‘rinbosari, hukmron koalitsiyaga kiruvchi Milliy partiya yetakchisi Barnabi Joys har ikki lavozimdan iste'foga chiqishi haqida ma'lum qildi.
"Kelayotgan dushanba kuni hukumatdan va partiyamiz yetakchisi lavozimidan ketaman", - deya xabar berdi u juma kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida. Uning bildirishicha, Vakillar palatasida ishini davom ettirib, oddiy parlamentariyga aylanadi.
Avstraliyadagi eng ta'siri baland siyosatchilardan birining shunday qaror qabul qilishiga Kanberrada yuz bergan yirik mojaro sabab bo‘ldi. Bunda 50 yoshli Joys rafiqasi bilan ajralgani, ajrimni rasmiylashtirmagani va o‘ziga ma'shuqa topib olgani ma'lum bo‘lgan. Aytilishicha, avval xodimlari apparatiga kirgan Vikki Kempion undan farzand ham kutmoqda. Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, bosh vazir o‘rinbosari boshqa ayollarga ham shilqimlik qilgan.
Joys jinsiy shilqimlik qilish bo‘yicha barcha ayblovlarni rad etmoqda hamda kerak bo‘lsa sudlashishga ham tayyorligini ma'lum qildi. "Mening ishonchim komilki, yakunda bu ayblovlarning bari haqiqatdan yiroq ekani isbotlanadi", - deya ta'kidlab o‘tdi Joys. Shu bilan birga, uning tan olishicha, hozirgi paytda hujum butun partiya va hukumat obro‘siga ziyon yetkazmoqda. "Bunga yakun yasash kerak, men ketishga qaror qildim", - deya aniqlik kiritib o‘tdi bosh vazir o‘rinbosari.
Mavzuga oid
22:52 / 29.03.2026
Yonilg‘i narxi oshgani sababli Avstraliyaning ikki shtatida jamoat transporti bepul bo‘ladi
12:00 / 24.03.2026
YeI va Avstraliya bojlarning 99 foizdan ortig‘ini bekor qiladi
15:09 / 15.03.2026
Avstraliyadan boshpana so‘ragan eronlik futbolchilardan 3 nafari vatanga qaytishga qaror qildi
14:29 / 11.03.2026