Jahon | 21:34 / 26.02.2018
24086
1 daqiqa o‘qiladi
Airbus Beluga samolyoti osmonda yonib ketdi
26 fevralda dunyodagi eng yirik yuk samolyotlaridan biri Airbus Beluga bortida yong‘in chiqqani sababli Gamburgda favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda o‘t o‘chiruvchilarga iqtibos keltirgan holda Bild nashri xabar berdi.
Taxmin qilinishicha, yong‘in uchuvchi kabinasida kabel yongani sababli chiqqan. Shu sababli samolyot kichik o‘lchamdagi Gamburg-Finkenverder aeroportida qo‘nishga majbur bo‘lgan.
Ta'kidlanishicha, samolyotning uch kishidan iborat ekipajiga hech narsa qilmagan.
Airbus Beluga 56 metr uzunlikka, 17,24 metr balandlikka ega. Qanotlari qulochi 44,84 metrni tashkil qiladi. Bortiga 47 tonnagacha yuk oladi.
Mavzuga oid
14:42 / 04.02.2019
Hamburg aeroportida ish tashlashlar tufayli 60ga yaqin reys bekor qilindi
21:05 / 07.08.2017
Video: O‘zbekiston termasi jahon chempionatida ishtirok etish uchun Germaniyaga jo‘nab ketdi
07:41 / 05.07.2017
Gamburg politsiyasi tarixidagi eng yirik operatsiya: politsiya G20 sammitiga tayyor
19:29 / 01.07.2017