"Katta yigirmatalik" sammiti kabi yirik tadbirlar ötkazilmagan Gamburg şahri xavfsizlik çoralarini taşkillaştirişga nemis puxtaligi bilan yondaşdi.

Dunyoning eng yirik iqtisodiyotga ega davlatlari yetakçilari va boş vazirlari keladigan  G20 sammiti Germaniyaning bu şahrida 7-8 iyul kunlari bölib ötadi. 

Sammit vaqtida şaharda xavfsizlikni huquq-tartibot idoralarining 20 mingga yaqin xodimi, asosan boşqa federal yerlardan politsiyaçilar ta'minlaydi. Barça operatsiyalar Gamburg politsiyasi rahbarligi ostida ötadi. 

Politsiyaçilar ixtiyorida mingga yaqin xizmat avtomobili, samolyot, kamida 17 ta politsiya vertolyoti, 62 ta ot, 213 ta it va köplab tösuvçi panjaralar böladi. Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga köra, dronlar ham qöllanişi mumkin.   

4 mingga yaqin politsiyaçi temir yöl vokzali va aeroport hududida böladi. Şahar porti va Elba daryosida ham patrul nazorati olib boriladi.  

"Bu Gamburg politsiyasi tarixidagi eng yirik operatsiyadir", deb aytgan şahar politsiyasi rahbari Ralf Martin Meyyer. Uning aytişiça, politsiya çaqiriqqa 30 soniyadan 1 daqiqagaça vaqt içida reaksiya bildiradi.

Şaharda xavfsizlikni ta'minlaş operatsiyasida Niderlandiya va Avstriyadan ham maxsus guruhlar iştirok etadi, ular sammitga keladigan davlatlar rahbarlari va boş vazirlari, delegatsiyalarning minglab a'zolarining şahar böylab xavfsiz yurişlari uçun javobgar böladilar.  

Sammit iştirokçilari xavfsizligi maqsadida sammit ötadigan körgazma markazi atrofida 38 km lik xavfsizlik hududi taşkillaştiriladi. U örtaça balandlikdagi metall panjaralar bilan örab çiqiladi. Hududga kiriş qat'iy çeklangan böladi.

Gamburgda sammit vaqtida köplab namoyişlar ötişi kutilmoqda. Ulardan eng kattasida 50 mingdan 100 minggaça odam iştirok etişi mumkin. Norozilik bildiruvçilar orasida atrof-muhitni muhofaza qiliş va va iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş taşkilotlari vakillari, kasaba uyuşmalar, huquq himoyaçilari, öng ekstremistlar, söllar böliş kutilmoqda.

Germaniya içki işlar vaziri Tomas de Mezer xavfsizlik xizmatining Gamburgdagi sammitga tayyorgarlik darajasini yuqori baholadi. Uning ta'kidlaşiça, osoyişta namoyişlarga ruxsat berilgan, zöravonlik qöllanuvçi noroziliklar oldi olinadi. 

Şahar markazidagi dökonlar peşoynalari yoğoçlar bilan yopib çiqilmoqda, şahar aholisining özi esa sammit vaqtida uyda qolişni afzal körişini aytmoqda, çunki bunday "xavfsizroqdir".