Jahon | 17:10 / 26.02.2018
7389
1 daqiqa o‘qiladi

Barselonada namoyishlar, Ispaniya qirolining tashrifi yoqmadi

Foto: AFP

Barselonaga mobil texnologiyalar ko‘rgazmasida ishtirok etish uchun tashrif buyurgan Ispaniya qiroli Felipe VI norozilik namoyishlari bilan kutib olindi, deb xabar qilmoqda «Bi-Bi-Si».

Felipe VI tashrifi tufayli yuz bergan namoyishlar davomida namoyishchilar monarxiyaga qarshi shiorlarni hayqirishgan. Norozilik aksiyasi qatnashchilari va politsiya xodimlari o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlangan, yuzlab odamlar qo‘lga olindi.

Kataloniya rasmiy shaxslari, jumladan Barselona meri Adu Kolau rasmiy Madridning siyosatidan norozi ekanliklari tufayli rasmiy qabul marosimida qatnashishdan bosh tortdi.

Qirol 2017 yilning oktabrida mintaqa mustaqilligi bo‘yicha muvaffaqiyatsiz referendumdan so‘ng Kataloniyaga ilk bor tashrif bilan keldi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid