O‘zbekiston | 12:10 / 26.02.2018
12733
1 daqiqa o‘qiladi
Sergelidagi kanalizatsiya quvurida avariya, to‘rt hovliga oqova suvlar toshib kirdi
24 fevral kuni Toshkent shahrining Sergeli tumani «No‘g‘ayqo‘rg‘on» mahallasida yer osti kanalizatsiya quvurida avariya yuzaga keldi. Avariya natijasida mahalla hududidagi to‘rtta xonadon hovlisiga qisman oqova suvlari toshib kirdi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar bermoqda.
Avariyani bartaraf etish uchun Toshkent shahar hokimiyati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat sanitar-epidemiologik nazorat markazi va boshqa kommunal xizmatlarning kuch va vositalari jalb qilingan.
Qayd etilishicha, avariya oqibatlarini bartaraf etish ishlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
07:21 / 03.09.2024
Toshkentda Nexia-3 to‘xtab turgan Damas’ga borib urildi
07:40 / 22.08.2024
Toshkentda daraxt kesgan fuqaro 17 mln so‘m jarima to‘laydigan va 100 ta ko‘chat ekadigan bo‘ldi
13:42 / 20.07.2024
Toshkentda ishlab chiqarish korxonalarining birida yong‘in sodir bo‘ldi
13:39 / 15.06.2024