Toşkentning Sergeli tumani Qumariq mahallasi va uning atrofida yaşovçilar yillar davomida yoqimsiz hiddan şikoyat qilişadi. Çunki aynan şu yerda Toşkentning oqova suvlari yiğiladigan inşoot joylaşgan.

Rasmiy izohlarda bu hidga asosiy sabab sifatida sanoat korxonalaridan kelayotgan oqava suvlar, teri sexlari, böyoq işlab çiqariş korxonalari va quşxonalarining oqava çiqindilari körsatiladi.

Bahorning ilk kunlaridan bu badböylik har doimgidanda kuçliroq tarqalayotgani muammo geografiyasi ham kengayganiga işora qilmoqda.

Kun.uz muammoning sabablari va uning yeçimlari bilan qiziqib kördi.

Mutasaddilarga köra, ayrim korxonalar tomonidan kanalizatsiya tizimiga oqiziladigan kuçli kimyoviy moddalar “Salar” oqova suv tozalaş inşootidagi biologik tozalaş jarayoniga salbiy ta’sir qiladi. Ya’ni bakteriyalar organik moddalarni parçalaşi kerak bölgan tizimga zaharli aralaşmalar tuşadi va bu mikroorganizmlarning nobud bölişiga olib keladi.

2026 yil mart oyida Senatning Agrar, suv xöjaligi masalalari va ekologiya qömitasi “Salar” oqova suv tozalaş inşooti faoliyatini joyida örgandi. Rasmiy ma’lumotda inşootda oqova suvlar mexanik, biologik va dezinfeksiya bosqiçlaridan ötişi, oqavani natriy gipoxloriti bilan zararsizlantiriş uçun 62 ta uskuna işlayotgani qayd etilgan. Şuningdek, tozalaş jarayonida hosil bölgan quyqalar inşoot hududidagi 35 ta maydonda qayta işlanişi aytilgan.

Ammo aynan şu 35 ta maydon qanday işlaşi, u yerda oçiq havoda quritilayotgan kanalizatsiya quyqalari hid tarqalişiga qançalik ta’sir qilişi haqida batafsil izoh berilmagan.

Aslida uşbu 35 ta maydonda quritilayotgan ahlat atrofga şamol tasirida noxuş hid tarqalişiga olib kelmayaptimi?

Kun.uz şu savolga javob izlab, şu paytgaça keng jamoatçilikka köp ham körsatilmagan hududda böldi. Bu maydonlarda quritilayotgan kanalizatsiya quyqalari şu qadar badboy hid tarqatganidan, arang tasvirga ololdik.