Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda o‘smirni kaltaklagan rahbar lavozimidan bo‘shatildi
Foto: Nur.kz
Qozog‘istonning Aqmo‘la viloyatida joylashgan Qo‘rg‘aljin qishloq okrugi akimi (hokimi) Janat Umarov 8-sinf o‘quvchisini kaltaklagani sababli egallab turgan lavozimidan bo‘shatilgan.
Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda viloyat akimi maslahatchisi Marat Ig‘ali ma'lum qilgan.
Ko‘kshetauda axloq-odob bo‘yicha kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan va unda maktab o‘quvchisi Mukan Diasni kaltaklash aybi qo‘yilayotgan amaldorga intizomiy jazo berish ko‘rib chiqilgan.
Kengash ishtirokchilari ushbu ishning barcha hujjatlari bilan tanishib chiqib, Janat Umarovni egallab turgan lavozimidan bo‘shatishni tavsiya qilishgan.
Qo‘rg‘aljin tumani akimi ko‘rsatmaga amal qilib, Umarovni lavozimidan bo‘shatib yuborgan. Umarov bu lavozimni bor-yo‘g‘i yarim yilgina avval egallagan.
O‘quvchining kaltaklanishiga bolalarning oddiy mushtlashuvi sabab bo‘lgan. Mukan ukasining yonini olib, ukasiga “kun bermagan” Umarovning o‘g‘li Nurislom bilan urishib ketgan. O‘quvchilar ajratib qo‘yilgan. Biroq shu bilan janjal yakunlanmagan.
Mukan maktabdagi xonalardan birida o‘tirganda darg‘azab akim maktabga kelib, Mukanni urmoqchi bo‘lgan. Mukan qochishga uringan, biroq yiqilib tushgan. Mukanning aytishicha, akim sinfxonaga kirib uni urgan.
Mavzuga oid
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025
“Raqobat kayfiyati integratsiyaga soya soladi” - ekspertlar qozoq mediasi haqida
15:20 / 29.09.2025