Fan-texnika | 08:16 / 27.02.2018
8214
1 daqiqa o‘qiladi

Porsche avtomobilni ta'mirlash sohasida inqilob qilmoqchi

Porsche kompaniyasi iNDTact startapi bilan birgalikda dastlabki bosqichlarda avtomobil bilan bog‘liq muammolarni aniqlash imkonini beruvchi tizimni ishlab chiqdi. Bu sun'iy idrok asosidagi neyrotarmoq bo‘lib, shovqinlar va tebranishlarni farqlashi mumkin, shuningdek, kamchilik qanday ekanini tushunish uchun normadan istalgan chetlashishni aniqlaydi.

Foto: Porsche

Tizim avtomobilning barcha harakatlanuvchi qismlari tebranishini aniqlab, ularning ishidagi hattoki eng kichik o‘zgarishlarni ham payqashi mumkin. U prognostik xizmat ko‘rsatishning bir qismi bo‘ladi, bunda texnik xizmat ko‘rsatish vaqti avvaldan aniqlanmaydi, balki agregatlar va boshqa uskunalarni to‘xtovsiz monitoring qilish yordamida optimallashtiriladi.

Foto: Porsche

Fevral boshida Porsche model qatorini elektrlashtirishga va yangi texnologiyalarni ishlab chiqishga sarmoyalarni ikki barobarga oshirishi xabar berilgandi. Xususan, gap quvvatlantirish infratuzilmasi va «aqlli» elektron tizimlarni yaratish haqida ketmoqda.

Mavzuga oid