Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amazon “aqlli” eshik qo‘ng‘iroqlari ishlab chiqaruvchi startapni sotib oldi
Foto: pinterest.com
AQShning Amazon onlayn-riteyleri “aqlli” eshik qo‘ng‘iroqlarini yaratish ustida ish borayotgan Ring startapini sotib oldi. Bu haqda ikkala kompaniya vakillariga iqtibos keltirgan holda CNBC telekanali xabar bergan.
Bitim qiymati oshkor qilinmagan, biroq qator nashrlar gap 1 mlrd dollar haqida ketayotganini yozishmoqda. Ta'kidlanishicha, Ring startapi Amazon tarkibida mustaqil biznes sifatida rivojlanaveradi.
Ring telefon yoki kompyuterdagi dastur orqali boshqarish mumkin bo‘lgan videoqo‘ng‘iroqlar va xavfsizlik kameralari, xavfsizlik tizimlari va tutun datchiklari ishlab chiqaradi.
Tahlilchilarning fikricha, bitim xavfsizlik sohasida va mahsulotlarni “eshik oldigacha” yetkazib berishda hamkorlikka yangi imkoniyatlar ochadi.
Ring 2012 yilda tashkil etilgandan beri 290 mln dollar jalb qila olgan. Startap bosh qarorgohi Santa-Monikada joylashgan.
Ring qo‘ng‘irog‘i bu shunchaki qurilma emas, balki real vaqtda uydan kim chiqayotgani va uyga kim kirayotgani ortidan kuzatib, videoga yoza oladigan bulutli yechim hisoblanadi.
Mavzuga oid
21:21 / 25.11.2025
Amazon o‘zining sun’iy yo‘ldosh interneti qanday bo‘lishini ko‘rsatdi
18:39 / 02.07.2025
Amazon rahbari kompaniyaning 737 mln dollarlik aksiyalarini sotdi
19:44 / 22.06.2025
Amazon sun’iy intellekt sabab ishchi kuchini qisqartiradi
21:23 / 12.05.2025