Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navro‘z bayrami kunlarida “O‘zbekiston havo yo‘llari” ichki reyslarida uchish arzonlashadi
“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi Navro‘z bayrami kunlarida barcha ichki reyslarga chegirmalar joriy qildi.
Ta'kidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, Navro‘z bayrami munosabati bilan 2018 yilning 18-22 mart kunlari “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK direksiyasi tomonidan barcha ichki reyslarga chegirmalar tizimi ishlab chiqilgan, deb yozmoqda O‘zA.
Unga ko‘ra, 18, 19, 20, 21 va 22 mart kunlari mahalliy reyslarga quyidagicha chegirmalar tizimi amal qiladi:
individual yo‘lovchilarga – 30 foiz;
sayyohlik guruhlari, maktab, litsey va kollej o‘quvchilari, oliy o‘quv yurtlari talabalariga – 40 foiz;
2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan farzandlari bo‘lgan ota-onalarga – 50 foiz.
Mavzuga oid
10:08 / 24.03.2026
Toshkent–Dubay yo‘nalishidagi qator reyslar bekor qilindi
16:36 / 21.03.2026
Bir guruh hatayliklar Navro‘zni O‘zbekistonda nishonlamoqda
14:19 / 21.03.2026
Navro‘z konsertida Amir Temur haqida kompozitsiya qo‘yildi
10:15 / 21.03.2026