Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bunyodkor» yangi futbolchilarini tanishtirdi
Toshkentning «Bunyodkor» jamoasi 2018 yilgi mavsum oldidan o‘z safiga qo‘shib olgan futbolchilarini OAV vakillariga rasman tanishtirdi.
«Bunyodkor» mavsumlar oralig‘ida o‘z safiga «Metallurg»ning endilikdagi sobiq futbolchilari – Mirg‘iyos Sulaymonov va Murodjon Toshmatovni, shuningdek o‘tgan yilni «Qo‘qon-1912» klubida o‘tkazgan serbiyalik hujumchi Filip Rayevatsni qo‘shib olgandi.
Bugun o‘tkazilgan tadbirda yangi futbolchilar ommaviy axborot vositalari xodimlariga «Bunyodkor» vakillari sifatida rasman tanishtirildi. Ularga «Bunyodkor» FK bosh direktori Murodjon Aliyev va bosh murabbiy Mirjalol Qosimov jamoa liboslarini tantanali ravishda topshirishdi.
Murodjon Toshmatov 11, Mirg‘iyos Sulaymonov 20 va Filip Rayevats 99-raqamli futbolkalarni qabul qilib olishdi.



Mavzuga oid
16:40 / 16.10.2025
Sadriddin Hasanov dunyoning eng yaxshi yosh futbolchilari qatoriga kirdi
14:18 / 23.09.2025
«Bunyodkor» klubi murabbiyi vafot etdi
08:16 / 24.03.2025
Bunyodkor shohko‘chasida Tracker-2 va Damas to‘qnashdi
08:00 / 09.09.2024