Sport | 15:20 / 02.03.2018
8005
1 daqiqa o‘qiladi

Angliyada yilning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Foto: Twitter/@SpursOfficial

«Tottenhem» hujumchisi Harri Keyn Angliya premer-ligasida 2017 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda «shporlar» rasmiy tvitteri xabar bermoqda.

24 yoshli ingliz futbolchisi 2017 yilda APLning eng yaxshi futbolchisi sifatida London Football Awards sovrini qo‘lga kiritdi.

Keyn Angliya chempionatining o‘tgan mavsumida eng yaxshi to‘purar (29 gol) bo‘lgandi, Joriy mavsumda ham futbolchi – 24 gol bilan jadvalni boshqarib bormoqda. Jami bo‘lib, Keyn 2017 yilda 52 uchrashuvda maydonga tushib, 56ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan.

Yanvarda bu «shpor»la tarkibida premer-ligada gol kiritish bo‘yicha yetakchi bo‘lib olgandi. O‘shanda u klub uchun 98-golini kiritgan. 

Angliya premer-ligasi, yil laureatlari, Tottenhem, Harri Keyn

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid