Sport | 10:10 / 02.03.2018
8098
2 daqiqa o‘qiladi

Messi shaxsiy rekordlarini yangiladi va yubiley golga yaqinlashdi

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionatining 26-turida «Las-Palmas»ga qarshi o‘yinda hisobni ochuvchi golni urdi.

30 yoshli argentinalik futbolchi uchun bu «Estadio de Gran Kanariya» stadionida urilgan ilk gol bo‘ldi.

Bu Messi primera o‘yinlarida gol urgan 36-arenadir – bu esa yangi rekord natija. Ikkinchi natija «Real»ning sobiq futbolchisi Raul tomonidan qayd etilgan, u Ispaniya chempionati o‘yinlari doirasida 33 stadionda gol urgan.

Bu gol Messi uchun faoliyatidagi 599-gol bo‘ldi va yubiley golga bir qadam qoldi.

Messi joriy mavsumda jarima zarbasidan 4-marta gol urdi va top-5 chempionatlarda bu borada eng yaxshi natijani qayd etmoqda. U Neymar («PSJ») va Nabil Fekir («»Lion»)ni ortda qoldirdi.

Bundan tashqari, argentinalik futbolchi, 2018 yilning ikki oyidayoq jarima nuqtasidan 4 gol urib, o‘zi tomonidan 2012-yilda qayd etilgan natijani takrorladi.

Messi primera o‘yinlarida jarima zarbasidan jami 22 gol urgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid