Jahon | 12:13 / 03.03.2018
7496
1 daqiqa o‘qiladi

Kobuldagi Avstraliya elchixonasi yonida kuchli portlash ro‘y berdi

Foto: Twitter/MuslimShirzad

Afg‘oniston poytaxtida kuchli portlash ro‘y berdi. Bu haqda 1TV telekanali politsiyaga asosan xabar qilmoqda.

Xudkush terrorchi Kobulning PD9 tumanida o‘zini o‘zi portlatgan. Tolo News’ning ta'kidlashicha, portlashdan ko‘zlangan maqsad xorijiy kuchlar konvoyi bo‘lgan.

Kobulda portlovchi qurilma Avstraliya elchixonasi mashinalari oldida ishga tushirildi, xodimlardan hech kim jabrlanmadi, deyiladi Avstraliya TIV rahbari Juli Bishopning bayonotida.

Afg‘oniston Ichki ishlar vazirligi vakili Najib Donish bir kishi halok bo‘lgani, yana 14 kishi jarohat olganini ma'lum qildi.

Ayni damda birorta guruh portlash uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga olmadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid