Seul: KXDR va AQSh bevosita muzokaralar o‘tkazishi kerak
Koreya yarim orolini yadrosizlantirish jarayonida KXDR va AQSh o‘rtasidagi bevosita muloqot muhim o‘rin tutadi. Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri Kan Gyon Xva Seuldagi xorijiy jurnalistlar bilan uchrashuvida shu haqda bayonot berdi.
"Shimoliy Koreya va AQSh o‘rtasida bevosita muzokaralar o‘tkazilishi kerak. Bundan tashqari, Janubiy Koreya va AQSh ham birgalikda KXDR bilan o‘zaro to‘ldiruvchi muloqot olib borishi lozim", - deb qayd etgan TIV rahbari.
"Biz yarim orolni yadro qurolidan xoli qilish uchun diplomatik choralarni davom ettiramiz", - degan Kan Gyon Xva. Uning qo‘shimcha qilishicha, AQSh "Janubiy Koreyaning yaqin ittifoqchisi" hisoblanadi va Seul mazkur masalani tubdan hal etish maqsadida Vashington hamda mintaqadagi boshqa hamkorlar bilan hamkorlikni davom ettiradi.
Mavzuga oid
16:10
AQSh RF va XXRni ASEAN davlatlari bayonotini bloklashda aybladi
10:09
AQShning Polshadagi yangi RQM bazasi Rossiya raketalarini urib tushira oladi
22:41 / 13.10.2024
Kim Chen Inning singlisi Janubiy Koreyani «dahshatli halokat»dan ogohlantirdi
13:07 / 13.10.2024