Fan-texnika | 23:15 / 07.03.2018
9056
1 daqiqa o‘qiladi

Mazda prototipi Jyeneva motorshousidagi eng yaxshi prototip deb ataldi

Foto: Mazda Vision Coupe

Mazda Vision Coupe prototipi Jyeneva avtosaloni doirasida o‘tgan Car Design Night tadbirida yilning eng yaxshi kontsept-kari deb ataldi. Yapon markasining prototipi 2017 yil noyabrda Tokiodagi motorshouda ilk bor taqdim qilingan.

G‘olib 18 kishidan iborat hakamlar hay'ati tomonidan aniqlandi. Hay'atga dunyoning yirik avtomobilsozlik kompaniyalarining dizaynerlik bo‘limlari boshliqlari kirgan. 

Bu Mazda Vision Coupe olayotgan birinchi mukofot emas. Yanvar oxirida mashina Parijdagi avtomobil festivalida 2017 yilning eng chiroyli kontsept-kari deb topilgandi.

Foto: Mazda Vision Coupe

Mazda Vision Coupe 4 eshikli, 21 dyuymli g‘ildiraklarga ega kupe bo‘lib, uning salonida charm va yog‘och qo‘llangan. Markaziy konsolning yuqori qismini dispey egallaydi. Mashinaning texnik ko‘rsatkichlari haqida hech qanday ma'lumot yo‘q.  

Foto: Mazda Vision Coupe

 

Mavzuga oid