Özbekiston elçixonasi delegatsiyasi 6-7 sentabr kunlari Yaponiyaning Xirosima prefekturasiga amaliy taşrif bilan bordi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Safar davomida Xirosima prefekturasi gubernatori Xidexiko Yuzaki, Xirosima şahri meri Kadzumi Matsui, şuningdek, Mazda Motor Corporation, Molten Corporation, Balcom Group va Kunugi Co.Ltd kompaniyasi rahbariyati bilan ikki tomonlama uçraşuvlar ötkazildi.

Xirosima prefekturasi gubernatori Xidexiko Yuzaki bölib ötgan muloqotda u ikki davlat örtasida iqtisodiy, madaniy, turizm, ta’lim va mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni rivojlantirişga katta qiziqiş bildirdi. 

Xirosima şahri meri Kadzumi Matsui bilan keçgan muloqot davomida, mer Xirosimada mamlakatning tarğibot dasturlari va tadbirlarini ötkazişga amaliy yordam körsatişga tayyorligini tasdiqladi.

Bundan taşqari, mamlakat diplomatlari Mazda Motor Corporation avtomobil korporatsiyasining xalqaro hamkorlik departamenti direktori Akira Ikemoto bilan uçraşdi. Unda mamlakatda avtomobilsozlik sohasida ta’lim olayotgan talabalarning uşbu kompaniyada amaliyot ötaşi va tajriba almaşiş uçun malaka dasturlarini işlab çiqiş böyiça kelişuvga erişildi.

Balcom Group kompaniyasi rahbariyati bilan uçraşuvda davomida kompaniya tomonidan Toşkent şahrida «Markaziy boğni modernizatsiya qiliş» loyihasining amalga oşiriliş holati xususida fikr almaşildi. Loyihani hayotga tatbiq etiş böyiça işlarni jadallaştiriş böyiça kelişib olindi.