Yaponiyaning Mazda avtosanoat kompaniyasi Rossiyadagi öz aktivlarini qayta sotib oliş huquqini yöqotgan tarmoqdagi birinçi kompaniyaga aylandi. Brend maşinalar işlab çiqariş korxonasidagi öziga tegişli bölgan 50 foiz uluşni qayta sotib oliş huquqidan foydalanmadi — biznesni sotiş şartnomasiga köra, bunda uning ixtiyorida uç yil muddat bor edi. Bu haqda 3 noyabr kuni Reuters agentligi xabar berdi.

Rossiyada Mazda’ga Vladivostokdagi yengil avtoulovlar işlab çiqariş zavodining yarmi tegişli edi. 2022 yil oktyabrda brend öz uluşini ramziy 1 yevro evaziga biznesdagi hamkori — Rossiyaning Sollers kompaniyasiga sotgan. Hozir esa Sollers şartnomada mustahkamlangan uç yillik muddat içida Mazda tomonidan «qayta sotib oliş böyiça heç qanday taklif yoki sörov olinmadi» deya ma’lum qildi. «Va hozirgi şaroitda bunga zarurat körmayapmiz», — deb qöşimça qildi kompaniya.

Kompaniya vakillarining aytişiça, Mazda ketgunça yiliga 50 mingtagaça avtomobil işlab çiqargan Vladivostokdagi zavod 2023 yilda qayta işga tuşirilgan. Endilikda korxona Sollers brendi ostida avtobuslar işlab çiqariş bilan şuğullanmoqda.

Rossiyani tark etiş paytida ramziy narxga sotilgan aktivni qaytariş va qayta sotib oliş imkoni nemis işlab çiqaruvçilari kelişuvlarida ham nazarda tutilgan. Masalan, Henkel şunday yöl tutgan. Kompaniya özining Rossiyadagi aktivlarini keyingi 10 yil içida qayta sotib oliş huquqiga ega. Henkel buni faqat Rossiya bilan munosabatlar sezilarli darajada yaxşilansa amalga oşirişga tayyor.

Şunga öxşaş opsion 2023 yilda Rossiya hukumati tomonidan ma’qullangan Mercedes-Benz’ning Rossiyadagi biznesini sotiş bitimida ham bölgan. Nemis tomoni mustaqil baholaşdan söng bozor narxi böyiça olti yil davomida aktivlarni qayta sotib oliş imkoniyatini saqlab qolgan.

Iyul oyi örtasida Rossiya OAV xabar berişiça, RF hukumati huzuridagi qonun loyihalari böyiça komissiya Rossiyadan ketgan xorijiy kompaniyalarga öz biznesini qayta sotib oliş böyiça opsionlarni bekor qiliş imkonini beradigan qonun loyihasiga tuzatişlarni qöllab-quvvatladi.

Hujjatga köra, qayta sotib olişga qöyilgan taqiqni aktivlarning yangi egasi ham, RFning tegişli vakolatli idoralari ham boşlab berişi mumkin. Qonun loyihasiga, şuningdek, prezident farmoni bilan xorijliklar tomonidan aksiyalarni qayta sotib oliş huquqini töxtatiş uçun qöşimça şartlarni belgilaş imkonini beruvçi punkt ham kiritildi.

Qayd etilişiça, yangi qoidalar asosan iste’mol sektoridagi kompaniyalarga — umumovqatlaniş korxonalari, oziq-ovqat işlab çiqaruvçilar va savdo tarmoqlariga taalluqli böladi. Boşqa holatlarda yondaşuv individual bölib, xorijiy biznesning qaytişi şartlari Rossiya prezidentining alohida farmoni bilan belgilanadi.