O‘zbekiston | 18:50 / 07.03.2018
35896
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi barcha ichki ishlar organlari tayanch punktlari ish vaqti o‘zgardi

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rahbariyatining ko‘rsatmasi bilan Toshkent shahridagi barcha 453 ta ichki ishlar organlari tayanch punktlari ertalabki 08:00 dan kechki 01:00 ga qadar faoliyat yuritishi belgilab berildi. Bu haqda IIBB axborot xizmati xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, tayanch punktlarida fuqarolar profilaktika inspektorlari yoki ular yo‘qligida mahalla faollari tomonidan qabul qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, tumanlardagi muvofiqlashtirish boshqarmalari hamda joylardagi ichki ishlar bo‘limlarida sutka mobaynida ish tashkillashtirilgan. Tayanch punktlarining faoliyati bo‘yicha taklif va shikoyatlar bo‘lgan taqdirda “1102” yoki “102” qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish mumkin.

Mavzuga oid