Belgiyaning nufuzli Eureporter va Eureflect naşrlarida e’lon qilingan maqolada qayd etilişiça, Toşkentda elçixona oçilişi ikki davlat munosabatlaridagi muhim voqea bölib, Özbekistonning Markaziy Osiyodagi strategik ahamiyati ortib borayotganidan dalolat beradi.

Naşr mualliflarining ta’kidlaşiça, sönggi ön yillikda Özbekiston va Belgiya örtasidagi diplomatik hamda iqtisodiy aloqalar sezilarli darajada mustahkamlangan. Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oşirilayotgan oçiq taşqi siyosat va Yevropa bilan integratsiya jarayonlari Özbekistonni Yevropa davlatlari uçun muhim strategik hamkorga aylantirgan.

Maqolada 2025 yilda Prezident Mirziyoyevning Bryusselga taşrifi va Belgiya Qiroli Filipp bilan uçraşuvi ikki tomonlama munosabatlarning rivojlanişida muhim bosqiç bölgani qayd etilgan.

Şuningdek, ikki davlat örtasidagi savdo hajmi sönggi yillarda sezilarli oşgan. Xususan, 2020 yilda 70 million dollar bölgan özaro savdo aylanmasi 2024 yilga kelib 212,7 million dollarga yetgan.

Belgiya kompaniyalari Özbekistonning töqimaçilik, sanoat, logistika, farmatsevtika va IT sohalaridagi loyihalarda faol iştirok etmoqda. Yaşil energetika va barqaror texnologiyalar yönalişidagi hamkorlik ham kengayib bormoqda.

Maqola xulosasida Belgiyaning Toşkentda elçixona oçişi diplomatik qarordan köra kengroq ahamiyatga ega ekani, bu qadam Özbekistonning Yevropa va Osiyo örtasidagi muhim iqtisodiy va transport köprigi sifatidagi örnini yanada mustahkamlaşga xizmat qilişi ta’kidlangan.