Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Barselona” Kataloniya superkubogida “Espanol”ni mag‘lub etdi
Foto: fcbarcelona.com
2018 yilgi Kataloniya superkubogida “Barselona” “Espanol”ni mag‘lub etib, ushbu unvonni qo‘lga kiritdi. Uchrashuvning asosiy vaqtida jamoalar hisobni ocha olishmadi, penaltilar seriyasida esa “Barsa” futbolchilari aniqroq bo‘lishdi va 4:2 hisobida zafar quchishdi.
Ta'kidlash joizki, “Barsa” o‘yinga yarim zaxira tarkibida tushgan. Maydonda bir necha yetakchi futbolchi, jumladan Lionel Messi va Luis Suares to‘p surdi.
Kataloniya superkubogi 2014 yildan beri “Barselona” va “Espanol” o‘rtasida o‘tkazib kelinadigan norasmiy uchrashuv hisoblanadi. Unvon har ikki yilda o‘ynaladi. 2014 yilda ushbu unvonni “Barsa”, 2016 yilda esa “Espanol” qo‘lga kiritgan.
Kataloniya superkubogi – 2018
Barselona — Espanol — 0:0 (0:0), penaltilar bo‘yicha — 4:2
Barselona: Sillessen, X. Kuenka (Kostas, 63), A. Vidal (Makgueyn, 77), Mina, Palensiya, Din (Miranda, 76), A. Gomesh (Xongla, 63), Alenya (A. Ruis, 76), D. Suares (Rivera, 45), Dembele (K. Peres, 63), Alkaser.
Espanol: P. Lopes, Melendo (A. Lopes, 72), Didak (Pedrosa, 34), Naldo, X. Lopes, Ermoso, Roka, Granero (S. Sanches, 53), Darder, Xurado, Pyatti (Puado, 63).
Mavzuga oid
12:19 / 03.12.2025
«Siti» 4 ta gol o‘tkazdi, «Barsa»da kambek
11:54 / 30.11.2025
Fayzullayev gol urishni boshladi, Shomurodov davom ettirdi, «Barsa» «Real»ni quvib o‘tdi
13:13 / 26.11.2025
«Siti» yutqazdi, «Chelsi» «Barsa»ni ayamadi. YeChLda kun o‘yinlari
11:38 / 23.11.2025