Qozog‘iston televideniyesi 60 yoshda
Qozog‘iston televideniyesi 60 yoshga to‘ldi. Qozoq televideniyesi 1958 yilda Olmaotadan o‘z faoliyatini boshlagan.
1957 yil 29 iyunda Qozog‘iston SSR vazirlar kengashi Radio va televideniye qo‘mitasi tashkil etilishi haqidagi qarorni qabul qilgan. 8 oy o‘tib, 1958 yil 8 martda Qozoq televideniyesi vujudga kelgan. 1958 yilda Qarag‘anda va Ust-Kamenogorskda, 1959 yilda Jyezqazg‘anda, 1960 yilda Petropavlovskda telestudiyalar ochilgan.
Qozog‘iston televideniyesi birinchi yillar tajriba sifatida kinofilm va telespektakllar namoyish qilgan. So‘ngra “zangori ekran”ni zabt etgani telejurnalistlar kelgan.
1992 yilda Qozog‘iston televideniyesi “Kazaxstan” teleradiokompaniyasi, 1995 yilda “Kazaxstan” Respublika teleradiokorporatsiyasi sifatida qayta shakllantirilgan. Bugungi kunda ushbu teleradiokompaniya 3 ta telekanal – “Kazsport”, “Kazaxstan”, “Balapan”ni va bir nechta radiostansiyalar hamda viloyat teleradiokompaniyalari tarmog‘ini o‘z ichiga oladi.
Bugungi kunda Qozog‘istonda 14 ta umummilliy telekanal mavjud, umumiy telekanallar soni 30 tadan oshadi. 3 ta kanal xorijga ham uzatiladi.
“Kazaxstan” teleradiokompaniyasi boshqaruv raisi Yerlan Karinning aytishicha, milliy telekanalni ajoyib kelajak kutmoqda.
“Biz “Kazaxstan” jamoasi ulkan muvaffaqiyatlarga erishishiga ishonamiz. Barchani qozoq televideniyesining 60 yilligi bilan tabriklayman”, deb aytgan Karin.
Ta'kidlab o‘tish joizki, O‘zbekiston televideniyesi o‘z faoliyatini 1956 yilda “O‘zbek televideniyesi” telekanalini ishga tushirish bilan boshlagan. Bugungi kunda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi deb yuritiladi. Hozirda O‘zbekistonda 20 ga yaqin umummilliy va 10 dan ortiq hududiy telekanallar faoliyat yuritadi.
Mavzuga oid
20:36 / 12.10.2024
Jizzaxda O‘zbekiston-Qozog‘iston qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari o‘tkazildi
20:50 / 11.10.2024
Qozog‘iston fond birjasi Moskva birjasi bilan barcha aloqalarni uzdi
15:10 / 11.10.2024
Qozog‘istonda qidiruvdagi o‘zbekistonlik ushlandi
21:41 / 09.10.2024