Mirziyoyev: Tojikiston bilan munosabatlarni strategik darajaga ko‘taramiz
Toshkent Dushanbe bilan munosabatlarni barcha yo‘nalishlarda izchil rivojlantirib boradi. Bu haqda 9 mart kuni Dushanbega ikki kunlik davlat tashrifi bilan kelgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ma'lum qildi.
Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev «bir plyus bir» shaklidagi uchrashuv boshlanishidan avval matbuot uchun qisqacha bayonot berdi.
«Tojikiston-O‘zbekiston munosabatlari yaqin vaqt ichida strategik sheriklik darajasiga chiqadi. Toshkent Dushanbe bilan munosabatlarni barcha yo‘nalishlarda izchil rivojlantirib boradi», - deya aytib o‘tdi Shavkat Mirziyoyev.
O‘z navbatida, Imomali Rahmonning ma'lum qilishicha, Tojikiston O‘zbekistonning mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslarini barcha tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi.
Ayni daqiqalarda «Qasri millat» qarorgohida bo‘lib o‘tayotgan «yakkama-yakka» shakldagi uchrashuvda ikki tomonlama siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, transport-kommunikatsiya, turistik, madaniy-gumanitar va mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish, fuqarolarning o‘zaro tashrifini soddalashtirish masalasi, mintaqaviy hamda xalqaro muammolar muhokama etilyapti.
Uchrashuvdan so‘ng yetakchilarga ikki davlat hukumat delegatsiyalari qo‘shiladi.
Mavzuga oid
22:55 / 12.10.2024
Tojikiston Ombudsamni migrantlar huquqlari buzilayotgani sababli Rossiya rasmiylariga murojaat qildi
12:00 / 11.10.2024
Tanzila Norboyeva Imomali Rahmon bilan uchrashdi
18:54 / 09.10.2024
Imomali Rahmon MDH faoliyatida o‘zgarishlar bo‘lishini e’lon qildi
21:15 / 08.10.2024