Sport | 20:19 / 09.03.2018
8750
2 daqiqa o‘qiladi

«Nasaf» superligada dastlabki g‘alabasiga erishdi

O‘zbekiston superligasining 2-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvlardan birida Qarshining «Nasaf» klubi o‘z uyida «Buxoro»ni qabul qildi.

Uchrashuvning birinchi bo‘lim avvalida San'at Shixov mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqqandi. Ko‘p o‘tmay Azizjon G‘aniyev hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘limda endi qarshiliklar o‘ziga kelishdi. Bo‘lim boshida Bobur Abduholiqov va o‘yin so‘nggida Slavko Lukich tomonidan kiritilgan gollar «Nasaf» yangi formatdagi chempionatda ilk g‘alabani keltirdi.

Ortda qolgan 2-turdan so‘ng «Nasaf» ochkolari sonini 4taga yetkazib oldi. «Buxoro» esa 3 ochko bilan qoladigan bo‘ldi.
O‘zbekiston Superligasi, 2-tur

«Nasaf» – «Buxoro» 3:1 
Gollar:
 Azizjon G‘aniyev (35), Bobur Abduxoliqov (46), Slavko Lukich (90+3) — San'at Shixov (18). 
«Nasaf»: 35. Sanjar Quvvatov, 6. Azizjon G‘aniyev (20. Islom Kenjaboyev, 81), 8. Sanjar Rashidov (7. Odiljon Hamrobekov, 46), 10. Bobur Abduholiqov, 14. Sharof Muhiddinov, 22. Igor Golban, 27. Islom Rashidxonov (4. Maqsud Karimov, 69), 31. Saydullo Rahmatov, 55. Slavko Lukich, 77. Jasur Hasanov, 92. Umarbek Eshmurodov.  
«Buxoro»: 30. Asilbek Omonov, 7. Arslonmurod Omonov (77. Javohir Qahramonov, 75), 8. Salamat Quttiboyev (86. Aziz Ibragimov, 62), 10. Shavkat Salomov, 11. San'at Shixov, 16. Artyom Filiposyan, 18. Shavkat Mullajonov, 22. Shahboz Erkinov (14. Bahodir Nasimov, 46), 27. Rabbimjon Hasanov, 55. Rahmatulla Berdimurodov, 89. Sergey Rusetskiy.
Ogohlantirishlar: Sanjar Rashidov (44), Artyom Filiposyan (78), Asilbek Omonov (84).

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid