O‘zbekiston | 19:28 / 09.03.2018
25211
1 daqiqa o‘qiladi

O‘tgan hafta necha so‘mlik avtoraqamlar sotilgani ma'lum

Foto: KUN.UZ

Joriy yilning 26 fevralidan 4 martigacha bo‘lgan davr mobaynida onlayn auksionlar orqali 119ta avtomobil raqam belgilari sotilgan. Bu avvalgi haftaga nisbatan ikki marotabaga ko‘pdir. Bu haqda “Xalq so‘zi” Respublika tovar-xom ashyo birjasiga asosan xabar berdi.

Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 3 mlrd so‘mni tashkil qilib, avvalgi hafta ko‘rsatkichiga nisbatan uch baravar ortgan.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning deyarli 80 foizi oliy toifadagi avtoraqamlarga, 13,4 foizi 2-toifa hamda 6,8 foizi 3-toifa avtoraqamlarga to‘g‘ri keladi.

Xaridorlar tarkibida yetakchilikni Toshkent va Toshkent viloyati avtohavaskorlari egalladi va ularning tuzilgan bitimlar sonidagi ulushi 67 foizga yetdi. Keyingi o‘rinlarni Farg‘ona viloyati — 10 foiz va Samarqand viloyati xaridorlari 7,5 foiz ulush bilan egalladi.

Mavzuga oid