Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Nima bo‘libdi?» - Putin Rossiyaning saylovlarga aralashgani haqidagi savolga javob berdi
Foto: topwar.ru
Rossiya saylovlarga aralashuvni oqlamaydi va buni o‘zi ham qilmayapti. Bu haqda RIA «Novosti» ushbu mamlakat prezidenti Vladimir Putinning bayonotiga asosan xabar bermoqda.
«Yo‘q, biz buni qilishni rag‘batlantirmaymiz va bu borada topshiriq berayotganimiz yo‘q», - deya aytib o‘tdi Putin NBC telekanaliga bergan intervyusida.
Shu bilan birga, u qandaydir shaxslar boshqa davlatlardagi ma'lum bir dastaklardan foydalangan bo‘lishi hamda Fransiya, Germaniya, Osiyo yoki Rossiyadan tegishli ma'lumotlar tarqagan bo‘lishi mumkin ekanini istisno etmadi. Uning bildirishicha, bu Rossiya hukumatiga aloqador emas.
«Bu ruslar emasmidi?» - deya Putinga savol bilan murojaat qilgan jurnalist Megan Kelli AQSh prezidentlik saylovlariga ehtimoliy aralashuv haqidagi xabarlarni nazarda tutib.
«Balki, mayli, ruslar, biroq ular davlat amaldorlari bo‘lishmagan. 146 million rus bor. Nima bo‘libdi?», - deya javob qaytardi Putin.
Mavzuga oid
10:18 / 28.03.2026
Ukrainada urush uchun pul iyungacha qolgan
09:33 / 28.03.2026
Putin va milliarderlarning yopiq uchrashuvi tafsilotlari ochiqlandi
09:04 / 28.03.2026
Rossiya benzin eksportini to‘xtatdi
23:00 / 27.03.2026