Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik deputatlar ko‘p yillar davomida birinchi marta AQSh Kongressiga bordi
Rossiya Davlat Dumasi deputatlari delegatsiyasi ko‘p yillar davomida birinchi marta AQSh Kongressiga bordi. Bu haqda tashrif tashkilotchilaridan biriga aylangan AQSh Vakillar palatasining Respublikachilar partiyasidan deputati Anna Paulina Luna ma’lum qildi.
Foto: X/RepLuna
«Bugun qariyb chorak asr ichida birinchi marta Kongressning 5 a’zosi (har ikki partiya vakillari) tinchlik va ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qilish uchun Rossiya Dumasining 5 a’zosi bilan uchrashdi. Dunyodagi ikkita eng yirik yadroviy qudratli davlat vakillari sifatida biz fuqarolarimizga ochiq muloqot, fikr almashish va ochiq aloqa kanallarini qo‘llab-quvvatlashimiz shart. Biz ushbu muloqotni rivojlantirishda davom etamiz va ushbu ma’muriyatning tinchlik va iqtisodiy imkoniyatlarga intilishini qo‘llab-quvvatlash uchun tinchlikka erishamiz», deb yozdi Luna.
U e’lon qilgan suratlarda Rossiya tomonidan uchrashuvda quyidagilar ishtirok etganini ko‘rish mumkin:
- Davlat Dumasi raisining o‘rinbosari, LDPR a’zosi Boris Chernishev,
- Rossiyaning AQShdagi sobiq elchisi Anatoliy Antonov,
- Davlat Dumasining xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Vyacheslav Nikonov,
- Sobiq sportchi, «Yedinaya Rossiya» deputati, shuningdek, xalqaro ishlar qo‘mitasi a’zosi Svetlana Jurova,
- deputat, iqtisodchi Mixail Delyagin.
Amerika tomonidan Tennessi shtati Vakillar palatasi a’zosi Endi Ogls, viskonsinlik respublikachi Derrik Van Orden, yana bir respublikachi Eli Kreyn va demokrat Visente Gonsales ishtirok etdi.
Delegatsiyalar o‘zaro ramziy sovg‘alar almashdi - rossiyalik deputatlar Anna Paulina Lunadan esdalik jyetonlari va 2024 yilgi saylovoldi kampaniyasi paytida chiqarilgan AQSh prezidenti Donald Tramp tasviri tushirilgan paypoqlarni qabul qilib oldi. Amerikaliklar, jumladan, rossiyaliklardan «Soyuz-Apollon» missiyasi ishtirokchilari tomonidan imzolangan otkritka oldi.
Rossiya va AQSh o‘rtasidagi Ukrainadagi urush bo‘yicha diplomatik aloqalar Yaqin Sharqda urush boshlangani sababli to‘xtab qoldi. Ukraina bo‘yicha uch tomonlama muzokaralarning so‘nggi raundi 17-18 fevral kunlari Jyenevada bo‘lib o‘tdi. Mart oyining boshida o‘tkazilishi rejalashtirilgan navbatdagi bosqich amalga oshmadi.
Mavzuga oid
22:20 / 27.03.2026
Eron AQSh va Isroilni uran konsentrati ishlab chiqaruvchi zavodga zarba berishda aybladi
21:39 / 27.03.2026
Eron va AQSh muzokaralari: haqiqatmi yo propaganda?
19:31 / 27.03.2026
AQSh yadro arsenali haqidagi ma’lumotlarni oshkor qildi
19:12 / 27.03.2026