Sport | 17:10 / 11.03.2018
23859
1 daqiqa o‘qiladi

«Barselona» yangi transferi haqida e'lon qildi

Foto: AFP

«Barselona» va «Gremio» rasmiy ravishda Artur Ramosning transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda kataloniyaliklar rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, «Barselona» 2018 yilning iyulida 21 yoshli futbolchiga egalik qilishni boshlaydi va buning uchun brazil jamoasiga 30 million yevro to‘lab beradi.

Yana 9 million yevroni esa futbolchining ishtirokiga qarab mukofot puli sifatida to‘lab beradi.

Artur Enrike «Gremio» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, ushbu yarimhimoyachi asosiy jamoada 2015 yildan to‘p sura boshlagan. U «Gremio» safida 52 rasmiy uchrashuvda maydonga tushgan va ikki gol urgan.

Mavzuga oid