Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga tashrifi kutilyapti
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 15 mart kuni Qozog‘istonga borishi kutilyapti, deb yozmoqda “Xalq so‘zi” nashri Qozog‘iston davlat rahbari matbuot xizmatining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasiga tayangan holda.
O‘zbekiston prezidenti Markaziy Osiyo mamlakatlari – Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi rahbarlarining Ishchi (maslahatlashuv) uchrashuvida ishtirok etadi.
Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev Qozog‘istonda O‘zbekiston Yilining rasmiy ochilish marosimida ishtirok etishi rejalashtirilmoqda. Ayni chog‘da ikki davlat rahbari san'at ustalarining gala-konsertida ham qatnashadi.
Mavzuga oid
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025
“Raqobat kayfiyati integratsiyaga soya soladi” - ekspertlar qozoq mediasi haqida
15:20 / 29.09.2025