Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniya Skripal ishi doirasida BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishini chaqiradi
Buyuk Britaniya GRUning sobiq polkovnigi Sergey Skripalning zaharlanishi bilan bog‘liq voqea yuzasidan BMT Xavfsizlik kengashining navbatdan tashqari shoshilinch yig‘ilishini chaqiradi. Bu haqda Birlashgan qirollikning Tashqi ishlar vazirligi tvitterida ma'lum qilingan.
«Buyuk Britaniya BMT Xavfsizlik kengashining shoshilinch yig‘ilishini chaqiradi, kengash a'zolari Solsberida asab tizimini falaj qiluvchi kimyoviy modda bilan hujum uyushtirilgani haqida xabardor qilinadi», deyilgan vazirlik xabarnomasida.
12 mart kuni Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Rossiyani Skripal va uning hayotiga uyushtirilgan suiqasdda ayblab chiqqandi. U bu hodisani «Boshqa davlat kuchlari Buyuk Britaniya hududida noqonuniy ravishda qo‘llanishi» deb baholagandi. Uning ma'lumotiga ko‘ra, Skripal Rossiyada ishlab chiqarilgan «Novichok» nomli modda bilan zaharlangan. Vazir Rossiyaga bu borada izoh berish uchun bir kun muhlat bergandi.
Rossiya tomoni ayblovlarni rad etdi. Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Moskva bu suiqasdga aloqador emasligini ma'lum qildi. U shuningdek, Rossiya Buyuk Britaniyadan Solsberidagi voqea yuzasidan so‘rov olmaganini ta'kidladi.
Mavzuga oid
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
20:11 / 30.06.2026
Britaniyada nam salfetkalarni sotish taqiqlandi
22:32 / 26.06.2026
Charlz III Britaniya monarxlari orasida birinchi bo‘lib soliqlarini e’lon qildi
18:22 / 26.06.2026