Fan-texnika | 16:13 / 14.03.2018
15665
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: Lamborghini’dan poyga velosipedi

Foto: Lamborghini

Italiyaning sport avtomobillari ishlab chiqarishgan ixtisoslashgan Lamborghini kompaniyasi Kanadaning poyga velosipedlari ishlab chiqaruvchi Cervelo Cycles kompaniyasi bilan hamkorlikda Cervelo P5X Lamborghini velosipedini taqdim etdi.

Velosiped cheklangan kolleksiyada chiqariladi – 25 dona. Sheriklar uning narxini hozircha ma'lum qilishmadi. Triathlete nashrining yozishicha, har bir velosiped 20 ming AQSh dollari turadi.

Velosipedning texnik jihatlari ham ochiqlanmadi. Lamborghini’dan ma'lum qilishlaricha, aerodinamik trubada 180 soatdan ortiq vaqt davomida sinovlar o‘tkazildi, bu har bir komponentning qarshilik ko‘rsatish darajasini hisoblab chiqish uchun kerak bo‘ldi.

Foto: Lamborghini 
Foto: Lamborghini 

Mavzuga oid