Joriy yilning 15 fevral kuni soat 18:00 larda Çilonzor tumanidagi THAY–Çorboğ köçalari kesişgan çorrahada yöl-transport hodisasi sodir bölgan.

Ma’lumotlarga köra, 1969 yilda tuğilgan Yu.A. boşqaruvidagi HOWO rusumli yuk avtomobili bir yönalişda harakatlanib ketayotgan 2004 yilda tuğilgan A.I. boşqaruvidagi velosiped bilan töqnaşgan.

YTH natijasida velosiped haydovçisi olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB Tergov boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Ayni paytda tergov davom etmoqda.

Yöl harakati xavfsizligi xizmati barça yöl harakati qatnaşçilarini qoidalarga rioya qiliş, tezlikni belgilangan me’yorlardan oşirmaslik hamda çarçoq holatida transport vositasini boşqarmaslikka çaqirdi.