Nigeriyalik 18 yoşli Etsenumhe Ahmad karton va yoğoçdan Lamborghini Egoista’ning töliq nusxasini yasab, ijtimoiy tarmoqlarda şuhrat qozondi. Iş uçun ikki yil ketgan, ammo natija kutilganidan ham a’lo böldi — uning qölbola superkari nafaqat çinakam Lamborghini’ga öxşaydi, balki örnatilgan dvigatel tufayli soatiga 40 kilometr tezlikda harakatlana oladi.

Ahmadning kartondan yasalgan Lamborghini’da köça aylangani aks etgan video internetda millionlab körildi. Şarhlovçilar ustaning ijodkorligidan hayratda qoldi: ba’zilari buni “daholik” deb ataşsa, boşqalari hazillaşib, endi u maşinani avtoyuviş şoxobçasida yuvişi kerakligini ta’kidlamoqda.

Ahmad tabiatan bunday narsalarni yaratiş qobiliyatiga ega ekanini va heç qanday maxsus ta’lim olmaganini aytdi. U öz loyihalari uçun qayta işlangan materiallardan foydalanib, çiqindilarni foydali tuzilmalarga aylantiradi.

Avvalroq Pokistonda mahalliy muhandislar Tesla Cybertruck avtomobilining arzon nusxasini yasagan edi.

Unga qadar braziliyalik stomatolog Xose Sikeyra mahalliy çiqindixonalardan topgan ehtiyot qismlaridan Ferrari F40’ning nusxasini yiğgani ma’lum bölgandi.