Jahon | 09:22 / 14.03.2018
26885
1 daqiqa o‘qiladi
Stiven Hoking vafot etdi
Britaniyalik mashhur fizik Stiven Hoking 76 yoshida vafot etdi. 1963 yilda 21 yoshli Hokingda yon tomon amiotrofik sklerozi – markaziy asab tizimining surunkali kasalligi aniqlandi, keyinchalik u butunlay falaj bo‘lib qolgan.
Bu haqda BBC fizikning oila a'zolariga tayangan holda xabar bermoqda.
Hoking ilmiy faoliyatining asosiy sohasi kosmologiya va kvant gravitatsiyasi bo‘lgan, u qora tuynuklarni o‘rganishga ko‘p vaqtni sarflagan.
U o‘z hayoti davomida qator ilmiy-ommabop kitoblarga mualliflik qildi, xususan, «Vaqtning qisqacha tarixi», «Koinotdagi qora tuynuklar» va «Yong‘oq po‘chog‘idagi dunyo» shular jumlasidan.
Mavzuga oid
22:42 / 09.08.2024
Fizik ayol o‘z kashfiyotidan 75 yil o‘tgach doktorlik unvonini oldi
09:21 / 25.07.2024
“Til bilish muhim, lekin uning shunchaki vosita ekanligini unutmaslik kerak” – Singapurda PhD yoqlagan o‘zbek olimi
14:03 / 07.05.2024
“Bolalar formula yozmay, vazifa qilmay, mavzuni o‘rganyapti” – fizikani amaliyot bilan birlashtirgan o‘qituvchi
15:20 / 03.10.2023