Yevroparlament KXDR bilan maxfiy muzokaralar o‘tkazganini tan oldi
Yevropa parlamenti delegatsiyasining ma'lum qilishicha, KXDR hukumati bilan uch yil davomida maxfiy muzokaralar olib borilgan. Bu haqda Telegraph xabar bermoqda.
Delegatsiya yetakchisi Nirj Deyvaning aytishicha, Yevroparlament deputatlari uch yil davomida shimoliy koreyalik amaldorlar, jumladan vazirlar bilan 14 marotaba uchrashishgan. Maxfiy muloqot Pxenyanni yadro dasturidan voz kechishga ishontirishga yo‘naltirilgan bo‘lgan.
«Biz yuqori mansabli shimoliy koreyaliklar bilan maxfiy tarzda 14 marotaba uchrashganmiz. Biz o‘zimiz uchun xavotirga sabab bo‘layotgan narsalar haqida gapirganmiz, ular esa o‘zlariga yoqmayotgan holatlarni tushuntirishgan», - deya aytib o‘tdi deputat.
Deyvaning ta'kidlashicha, AQSh prezidenti Donald Trampning KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashishga tayyor ekani haqidagi bayonotlaridan so‘ng, bu ma'lumotni oshkor etishga qaror qilgan.
Mavzuga oid
17:46
WSJ: Ukraina zarbasi oqibatida KXDR armiyasi generali yaralandi
20:56 / 21.11.2024
Putin Pxenyan hayvonot bog‘iga sher va ikkita ayiq sovg‘a qildi
13:28 / 21.11.2024
Yevroparlament 27 noyabr kuni yevrokomissarlikka nomzodlarni tasdiqlaydi
19:15 / 20.11.2024