AQŞ va Isroil boşlagan uruşda taşabbus hozirça Eron tarafida. Siyosiy tuzum Tramp kutganidek qisqa muddatda ağdarilmadi. Aksinça, endi Eron AQŞ va Ğarbga iqtisodiy, harbiy va siyosiy bosimga ötdi: uruş qança çözilsa, Trampning ahvoli şunçalik taranglaşadi, Ğarb davlatlarining iqtisodiy ahvoli şunça oğirlaşadi.

Ikkinçidan, Eron hozir muzokara boşlaşga rozi bölsa, AQŞ bosim qilişda davom etişi mumkin. Paradoks şundaki, uruşda mağlub bölmaslik uçun har qança oğir bölmasin, Eron bosim qilişda va uruşişda davom etişi kerak. Bu uruş hali-beri töxtamasligi va eskalatsiya kuçayib borişini anglatadi.

AQŞ va Isroilning Eronga qarşi uruş oçganiga ham hademay bir oy töladi. Lekin mana, bir oydirki, uruş töxtaş tomon emas, aksinça, eskalatsiya – kuçayib boriş tomon ketmoqda. Boşida AQŞ va Isroil Eron davlati rahbarlarini yöq qilib, Erondagi siyosiy tizim yiqilişiga umid qilgan edi. Biroq unday bölmadi. Natijada endi holsizlantiruvçi uruş boşlanib ketdi.

Keyingi kunlarda Tramp «biz Eron bilan juda yaxşi muzokaralar olib boryapmiz», «Eron bilan kelişuvga yaqinmiz», «muzokaralar ketyapti», «Eron uruşni töxtatişimizni, muzokaralarga ötirişimizni sörayapti» degan ma’nodagi köplab bayonotlar berdi. Biroq bunga javoban Eron rasmiylari «bu gaplarning bari yolğon, biz AQŞ bilan heç qanday muzokara olib bormayapmiz», «Eron muzokaralarga bormaydi, uruşni davom ettiramiz», «Tramp özi bilan muzokara olib borayotgandir, lekin Eron bilan emas…» degan ohangdagi qatiy javoblarni qaytardi.

Bu bir-biriga zid bayonotlar dunyo hamjamiyatini, ekspertlarni ham adaştirmoqda. Real vaziyatni tuşuniş qiyin bölyapti. Haqiqatda AQŞ va Eron örtasida yaşirinça muzokaralar ketmoqdami, ketayotgan bölsa, tomonlarning şartlari va kelişuv potensiali qanday, degan savollar mavjud.

Birinçidan, Tramp – heç ikkilanmasdan yolğon gapira oladigan siyosatçi, u özi xohlagan narsani «real vaziyat şunday» deya taqdim qila oladi. Şuning uçun Trampning gaplariga şubha bilan qaraş – odatiy hol.

Ikkinçidan, haqiqatan ham AQŞ va Eron örtasida kontaktlar, aloqalar bölişi aniq. Çunki hatto uruşayotgan davlatlar ham boşqa davlatlar yoki şaxslar orqali özaro muloqotlarni uşlab turişga harakat qilişadi, qizil çiziqlarni bir-biriga aytib turişadi.

Uçinçidan, CNN telekanali manbalariga köra, Eron AQŞga işonmasa-da, AQŞ tarafidan asosiy muzokaraçi borasida öz istagini bildirgan. Eron söroviga köra, AQŞ tarafidan Stiv Uitkoff va Jared Kuşner emas, vitse-prezident Vens kelişi kerak. Lekin bu masalani faqat Tramp hal qiladi.

Törtinçidan, bugun AQŞ va Eron örtasida vositaçilik rolini öynaş uçun uçta muhim davlat nomi tilga olinmoqda, bular Pokiston, Turkiya va Misr Arab Respublikasi. Kelasi haftada muloqotlar va muzokaralar ötkaziş uçun Pokiston asosiy maydon bölişi kutilmoqda ekan.

AQŞ vositaçilar orqali Eronga 15 banddan iborat öz şartlarini yetkazgan. Bu şartlarga köra, Eron boyitilgan uranni MAGATEga topşirişi kerak; Hörmuz böğozi va Fors körfazini erkin savdo hududi deb e’lon qilişi kerak; raketalar dasturidan voz keçişi kerak. Buning evaziga AQŞ: Erondan barça sanksiyalarni olib taşlaydi; Eronda tinç atom dasturini rivojlantirişda yordam beradi va xalqaro nazoratni örnatadi; Eronga qarşi boşqa hujum qilmaslik, sanksiyalar qöllamaslik kafolatlarini beradi. AQŞning bu şartlariga Eron baralla «yöq» deb javob berdi.

Öz örnida Eron ham AQŞga öz talablarini bildirdi: AQŞ Yaqin Şarq mintaqasidagi barça bazalarini yopişi kerak; Eronga nisbatan joriy qilingan barça sanksiyalarni yeçişi kerak; uruş davrida yetkazilgan talafotlar uçun tovon puli tölaşi kerak; AQŞ va Isroil Livandagi «Hizbulloh» taşkilotiga hujum qilmasligi kerak; keyinçalik, AQŞda hokimiyat almaşganida ham Eronga boşqa hujum qilmaslik kafolatini berişi kerak… Şuningdek, Eron özining raketalar dasturini töliq saqlab qolişini, bu heç qaçon muzokaralarga kiritilmasligini ham urğulagan. AQŞ bu şartlarni «noreal» deb atagan.

Xöş, nega Eron bu muzokaralarga şoşilmayapti? Birinçidan, bugun Eron hokimiyatida oldingi davrdagi vertikal mavjud emas. Imom Xominaiy öldirilgaç, yangi hokimiyat hali töliq vaziyatni nazorat qila olmayotgan bölişi mumkin. Yangi rahbar – Mujtaba Xominaiy öz xavfsizligini ta’minlaş maqsadida vaziyatni töliq va qatiy nazorat qila olmayotgan bölişi ehtimoli bor. Şu fonda bugun Eronda Islom inqilobi qöriqçilar korpusi ança kuçaygan. Aynan korpus siyosiy va harbiy taşabbuslarni qölga olgani aytiladi. Uçinçi kuç – prezident Pizişkiyon va uning komandasi.

Ayni paytda uruşdagi taşabbus Eron tarafida. AQŞ va Isroil Eronga hujum qilib, qisqa muddatda siyosiy tuzumni yiqita olmadi. Endi Eron AQŞ va Ğarbga iqtisodiy, harbiy, siyosiy va geosiyosiy bosim qilmoqda. Uruş qança çözilsa, Trampning siyosiy ahvoli şunçalik taranglaşadi, Ğarb davlatlarining iqtisodiy ahvoli şunça oğirlaşadi.

Qolaversa, agar hozir Eron «biz muzokaralarga tayyormiz!» deydigan bölsa, AQŞ «demak Eron uruşdan çarçabdi, bosim qilişda davom etamiz» deyişi mumkin. Paradoks şundaki, uruşni töxtatiş va ğalaba qozoniş uçun hozirça Eron bosim qilişda, uruşni davom ettirişda davom etişi kerak. Bu degani hozirça uruş töxtamaydi va eskalatsiya kuçayib borişini anglatadi.