Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni o‘z yadro bombasini yaratishga tayyorligini ma'lum qildi
Saudiya Arabistoni agar Eron o‘zining atom qurolini yaratsa, unda u ham bundan o‘rnak olib, o‘z atom bombasini yaratadi. Bu haqda Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon CBS telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tgan. Ushbu intervyu 18 martda namoyish qilinadi.
“Saudiya Arabistoni yadro bombasiga ega bo‘lishga intilmaydi, biroq agar Eron o‘z yadro bombasini yaratsa, unda biz ham iloji boricha tezroq shunday qilamiz”, deb aytgan shahzoda boshlovchining “Ar-Riyodga Tehronga qarshi tura olish uchun atom bomba kerakmi?” degan savoliga javoban.
Bundan tashqari, saudiyalik shahzoda Eron Saudiya Arabistonining raqobatchisi bo‘la olmasligini aytdi.
“Eron Saudiya Arabistoni raqobatchisi hisoblanmaydi. Eron armiyasi musulmon olami armiyalarining yetakchi beshligiga kirmaydi. Saudiya Arabistoni iqtisodiyoti Eronnikidan kattaroq. Eron Saudiya Arabistoniga teng kelishdan hali ancha yiroq”, deb aytgan Muhammad bin Salmon.
Mavzuga oid
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026
Shveytsariyadagi muzokaralardan so‘ng Eron nefti uchun yo‘l ochildi
22:25 / 22.06.2026
AQSh Eronga neft sotishga vaqtincha ruxsat berdi
19:38 / 22.06.2026