Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Suriyadagi urush ishtirokchilari qaytmoqda» – Nazarboyev ogohlikka chaqirdi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Markaziy Osiyo mamlakatlarida terrorchilikka qarshi xavfsizlik haqida fikr bildirdi, deb xabar qilmoqda Tengrinews.kz.
Nursulton Nazarboyevning Ostonada Markaziy Osiyo davlat rahbarlari bilan birinchi maslahatlashuv uchrashuvi yakunlari bo‘yicha ma'lum qilishicha, qo‘shni mamlakatlar uchun xavfsizlik birinchi o‘rinda bo‘lishi kerak.
"Hozir Afg‘onistonda hodisalar yuz bermoqda. Bizni bu juda xavotirga solyapti. Agarda bizning davlatlar maxsus xizmatlari qalin hamkorlik qilsa, biz terrorchilar, narkotrafik, diniy ekstremistlar haqida hamma narsani bilamiz. Hammasiga chek qo‘ysa bo‘ladi. Biz bu haqda kelishib oldik, O‘zbekistonda shu oy oxirida yuqori darajada konferensiya bo‘lib o‘tadi, bizning barcha davlatlar qarorlar qabul qiladi", - deya aytib o‘tdi Qozog‘iston prezidenti.
Nursulton Nazarboyev bu masalalar muhim ekanini alohida ta'kidlab o‘tdi.
Mavzuga oid
20:04 / 29.12.2025
Qozog‘istonda Nursulton Nazarboyevning xorijga chiqishini cheklash taklif etildi
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025