10:07 / 15.03.2018
8487

Tesla mashinalari ishlab chiqarilishida ko‘plab nuqsonlarga yo‘l qo‘yilmoqda – NBC

Foto: Reuters

AQShning Tesla elektromobillar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi o‘z mashinalarini ishlab chiqarishda ko‘p miqdorda nuqsonlarga yo‘l qo‘ymoqda, shu sababli kompaniyaning Kaliforniyadagi bosh korxonasi tayyor mashinalar va detallarning ta'mirini uddalay olmayapti. Bu haqda NBC telekanali xabar bermoqda.   

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, kompaniyaning Frimontdagi (Kaliforniya) zavodida ishlab chiqariluvchi detallarning 40 foizi nuqsonga ega. Shu sababli Tesla o‘zining Model 3 modelini ishlab chiqarish hajmini rejadagidan kamaytirdi. 

O‘tgan yozda kompaniya rahbari Ilon Mask oyiga 20 mingta elektromobil ishlab chiqarish rejasini ma'lum qilgandi, biroq ishlab chiqarishdagi muammolar kompaniyani o‘z rejasini o‘zgartirishga majbur qildi. Endi kompaniya mart oxirigacha Model 3’dan haftasiga 2,5 mingta, 2018 yil iyuni oxirigacha 5 mingtadan ishlab chiqarmoqchi. 

Biroq kompaniyaning o‘zida telekanalning nuqsonlar haqidagi xabari rad etildi. Kompaniya vakilining aytishicha, mutaxassislar ishlab chiqarish jarayonini sinchkovlik bilan kuzatadilar. 

Mavzuga oid
Top